AsosiyJamiyat

Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

'Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi 'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi 2018 yilning 26 mart kuni “Toshkent shahrida 2017-2018 yilgi isitish mavsumini yakunlash to`g`risida”gi 471-sonli qarorga imzo chekdi. Unga ko`ra, 26 mart kunidan boshlab poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi-iste`molchilarni issiqlik bilan ta`minlash, ya`ni isitish mavsumi yakunlanadi.

"Navbatdagi mavsum poyoniga etdi. Shu bilan birga, qarorda “Toshissiqquvvati” IChB UK, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi” AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2018-2019 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgan", - deyilgan Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati bergan xabarda.

    Boshqa yangiliklar