Avval xabar qilinganidek, 25 mart kuni soat 22.00larda Namangan viloyatining Pop tumani Oybek MFY Bobur ko`chasida yashagan B.Rahmatovning telefoni hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan.
U telefonini olish maqsadida qo`shnisi E.Niyazovni yordamga chaqirib, arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo`qotgan. E.Niyazov uni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib, o`zi ham hushini yo`qotgan. Shundan so`ng B.Rahmatovning otasi H.Rahmatov ularni qutqarish uchun hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.
Biroq H.Rahmatovga ko`rsatilgan tibbiy muolajalalarga qaramasdan, u shifoxonada hayotdan ko`z yumdi.
FVV fuqarolardan shu kabi baxtsiz hodisalar sodir bo`lganida o`zboshimchalik bilan harakat qilmasdan, FVV qutqaruv xizmatiga zudlik bilan murojaat qilishni so`radi.






