BU GAL AHOLI MUAMMOLARIGA EChIMNI HAFTALAB KUTMADI! SOATLAR ETARLI BO`LDI. . .
Aholi talabi bilan Urganchda yangi shirkat ochildi va o`sha kunning o`zida hisob raqami ishga tushdi!
Davlat maslahatchisining Xorazmda aholiga amaliy ko`mak berish ishlari davom etmoqda.
“ Yoshlik” mahallasidagi ko`p qavatli uylarda yashayotgan aholi bilan suhbatlashgan Qahramon Quronboev ularning muammolariga quloq tutdi.
— Biz uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan etarli darajada qoniqish hosil qilmayapmiz. Muammolarimiz keragidan ham ko`p, – deyishdi suhbat davomida aholi.
Prezident vakili muammolarga quloq tutdi. Ushbu hududda yangi shirkatga ehtiyoj borligini sezib, unga aholi ichidan nomzod berishlarini so`radi, deb yozadi O`zA.
Aholining taklifi bilan yangi ochilgan shirkatga Ilhom Abdurahmonov rahbar etib saylandi.
Shirkatning hisob raqami shu kunning o`zidayoq rasmiylashtirildi.
Aholi xursand. Eng asosiysi, ularning talabi soatlar ichida qondirildi!
28.03.2018 09:24
Prezident maslahatchisi bir necha yillik muammoni, bir necha soatda hal qildi






