1

Toshkentda YPX va PPX xodimlariga tan jaroxati etkazganlar qo`lga olindi

Jinoyat 28.03.2018, 09:33
Toshkentda YPX va PPX xodimlariga tan jaroxati etkazganlar qo`lga olindi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 25 mart soat 23.30 larda IIBB YPX inspektori, kichik serjant E.Ergashev va IIBB JTSB PPX brigadasi haydovchisi, safdor B.Isroilov A.Fitrat ko`chasida xizmat olib borayotgan vaqtlarida shu ko`chada shovqin solib harakatlanib kelayotgan ikkita “Lasetti” rusumli avtomashinalarni to`xtatishgan. Haydovchilardan biri avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilayotganida ikkala avtomashinada mast holda bo`lgan 3 nafar yo`lovchi xodimlarning oldiga kelib faol qarshilik ko`rsatgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.

Shu hududda xizmat olib borayotgan IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi safdori K.Hamidov va kichik serjant Z.Djuraevlar yordamga kelganida ularning ham qonuniy talablariga bo`ysunmay faol qarshilik ko`rsatib, bosh hamda yuz qismlariga urib jarohat etkazishgan. Natijada safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Djuraevlar IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yo`lovchilar ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1