Xorijda ishlab chiqarilgan engil avtomobillarni O`zbekistonga olib kirishda bojxonadan o`tkazish qiymati eng ko`p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Shunday qilib, shaxsiy foydalanish uchun xorijiy rusumdagi mashinani olib kirish jismoniy shaxsga qanchaga tushadi?
"Norma"ning yozishicha, avtotransport vositasini bojxonadan o`tkazishda avtomobilning texnik pasporti, oldi-sotdi shartnomasi va ST-1 kelib chiqish sertifikati kerak bo`ladi.
Bojxona yig`imi va qo`shilgan qiymat solig`ini hamma to`lashi majburiy.
Bojxona yig`imlari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 30.04.1999 yildagi «Bojxona yig`imlari stavkalari to`g`risida»gi 204-son qarori bilan belgilangan. Import qilinayotgan avtomobilni rasmiylashtirish uchun ham yig`im bojxona qiymatining 0,2%ini tashkil etadi, biroq 25 AQSh dollaridan kam va 3 000 AQSh dollaridan ko`p emas. Avtomobilning bojxona qiymati oldi-sotdi shartnomasida (schyot-ma`lumotnomada) ko`rsatilgan summa yoki narxlar xalqaro katalogi bo`yicha aniqlanadi.
Qo`shilgan qiymat solig`i 29.12.2017 yildagi «O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida»gi PQ–3454-son qarorda belgilangan va 20%ni tashkil etadi. QQS avtomobil qiymati, bojxona boji va aksiz solig`i summasidan hisoblab chiqariladi.
Import bojxona bojlari va aksiz solig`i stavkalari Prezidentning 29.09.2017 yildagi «O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ–3303-son qarorida belgilangan. Quyida sig`imi 10 kishigacha bo`lgan engil avtomobillar uchun stavkalari keltiriladi.
Qozog`iston, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ST-1 kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda imtiyozlar amal qiladi. Bunday avtomobillarni olib kirishda bojxona bojlari belgilanmagan, aksiz solig`i esa, agar avtomobilning yoshi uch yildan oshmagan bo`lsa, avtomobil qiymatining 2%ini tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 50%dan ortiq bo`lsa va to`liq sikl bo`yicha yig`ilsa, ST-1 sertifikati ishlab chiqaruvchi zavod yoki eksportchi mamlakatning Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladi.
Bundan tashqari, avtomobil erkin savdo zonasi to`g`risida shartnoma tuzilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan, avtomobilning kelib chiqishi esa ST-1 sertifikati bilan tasdiqlansa, bojxona boji undirilmaydi. O`zbekiston Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina bilan ana shunday shartnoma imzolagan.
Boshqa avtomobillarga import bojxona bojlari stavkalari dvigatelning texnik tavsiflari va mashinaning yangiligiga bog`liq.

Aksiz solig`i stavkalari ham avtomobil dvigatelining texnik tavsiflari va avtomobilning yangiligiga bog`liq. Quyidagi jadvalda farqi yaqqol ko`rinadi.

Uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan hamda O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan tijorat faoliyati uchun chegaradosh davlatlardan qayta eksport qilinayotgan avtomobillar uchun VMning 4.12.2002 yildagi «Iste`mol tovarlari importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 425-son qaroriga muvofiq 20% miqdorida bojxona yig`imi belgilangan.






