AsosiyJamiyat

Toshkent bozorlaridagi bir martalik yig`imlar miqdorlari o`zgardi

'Toshkent bozorlaridagi bir martalik yig`imlar miqdorlari o`zgardi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining 16.03.2018 yildagi 435-son qarori bilan Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma`muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig`imlar, ijara to`lovlari va ko`rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari tasdiqlandi, deb yozadi "Norma".

Nashr eslatishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya va soliq organlari bilan kelishilgan holda ushbu miqdorlarni har yili tasdiqlaydi (26.04.2010 yildagi PQ–1326-son qarorga qarang).

Joriy yilgi raqamlar bilan quyidagi havolalar orqali kirib tanishish mumkin:

Bozorlar va savdo komplekslarining ma`muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig`imlar miqdorlari;

«Iste`molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MChJ tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan to`lovlar va ijara to`lovi miqdorlari;

«O`rikzor savdo kompleksi» MChJ tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan to`lovlar va ijara to`lovi miqdorlari;

Bozorlar, savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va ko`rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to`lovlarning miqdorlari;

Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to`lovlarining miqdorlari;

Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan ob`ektlarni saqlash bo`yicha ko`rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to`lov miqdorlari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida rasman e`lon qilingan va 23.03.2018 yildan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar