AsosiyJamiyat

Kemerovodagi fojiadan so`ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong`in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o`tkaziladi

'Kemerovodagi fojiadan so`ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong`in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o`tkaziladi'ning rasmi

Rossiyaning Kemerovo shahridagi fojiadan so`ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong`in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o`tkaziladi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.

Xabarda, Toshkent shahar hokimligida doimiy faoliyat yurituvchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O`zenergonazorat» xodimlaridan iborat komissiya, barcha savdo markazlari bu borada tegishli takliflar tayyorlamoqda, deya qayd etilgan.

«Toshkent shahar yong`in xavfsizligi boshqarmasi odam gavjum joylarda xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha doimiy faoliyat olib bormoqda. Bir necha kun oldin Kemerovoda dahshatli fojia yuz berdi. Shu sababli, mutaxassislarimiz savdo markazlari va shunga o`xshash ob`ektlarini qo`shimcha yong`in-profilaktika tekshiruvidan o`tkazishni rejalashtirishgan. Biz yana bir bor ularning xavfsizligiga amin bo`lmoqchimiz. Bu erda hamma narsa muhim», — dedi Toshkent IIBB Axborot-multimedia markazi rahbarining o`rinbosari Irina Sayfutdinova.

Sayfutdinovaga ko`ra, mutaxassislar yong`in signalizasiyasi ishlashi, xabar tarqatish tizimi, tutun yo`qotish tizimi va favqulodda holatlarda binoni tezkor tark etish yo`llariga hamda ularda ko`rsatgichlar bo`lishiga alohida e`tibor beradi. Shuningdek, savdo markazlari xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorligi ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar