AsosiyJamiyat

Toshkentda Qur`oni Karimni sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi (foto)

'Toshkentda Qur`oni Karimni sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi (foto)'ning rasmi

Bugun "Hilol nashr" matbaa-nashriyoti do`konlarida Mushafi sharifning savdosi boshlandi. Minglab yurtdoshlarimiz Allohning muborak kalomini qo`lga kiritish ilinjida tong saxarlab do`konlarimizga kelib jonli navbatda turishibdi. Bu haqda islom.uz nashri ma`lum qildi.

Quvonarli jihati, olamon ko`pligiga qaramay betartiblik kuzatilmayapti. Bu ham Allohning kalomiga bo`lgan muhabbat yuzasidan bo`lsa kerak. Yana e`tiborli tomoni, Jizzax va Toshkent viloyatidan bir necha kishi kecha kechki soat 11:00da kelib, do`kon atrofida ertalabgacha qolishgan.

Eslatma, Qur`on karim 50000 adadda nashr qilishga ruxsat olingan. Birinchi bosqichda shu adaddan 10000 nusha savdoga chiqarildi. Keyingi oylarga qolgan adadi ham nashr qilinib savdoga chiqariladi. Qur`oni Karimni sotish uchun tavsiya qilingan narx 31 ming so`m etib belgilangan.

Kelgusida yana ham ko`p adadda nashr qilinishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar