AsosiyJamiyat

Vladimir Putin 10 nafar o`zbekistonlikka Rossiya fuqaroligini berdi

'Vladimir Putin 10 nafar o`zbekistonlikka Rossiya fuqaroligini berdi'ning rasmi

Vladimir Putin o`n nafar o`zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berish haqida farmon imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik huquqiy ma`lumotlar rasmiy portaliga tayanib.

Rossiya prezidenti umumiy hisobda 63 kishiga fuqarolik berish haqida farmon imzoladi. Ular orasida o`zbekistonliklardan tashqari, etti nafar Ukraina fuqarolari, olti nafardan Armaniston va Tojikiston fuqarolari, Afg`oniston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova respublikalaridan besh nafardan, Vetnamdan – uch kishi, Qozog`istondan – ikki kishi, Isroil, Serbiya, Xitoy, Livan va Qirg`izistondan – bir kishi bor. Undan tashqari Rossiya federasiyasi hududida tavallud topgan to`rt kishi bor.

Farmonda aytilishicha, ushbu shaxslar fuqarolik qasamyodini qabul qilganidan keyin Rossiya fuqarosi pasporti beriladi. Voyaga etmaganlar esa ularning ota-onalari tomonidan qasamyod qilinganidan keyin fuqarolikni qabul qiladi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti o`z qarori bilan uch kishini fuqarolikdan chiqardi. Ular latviyalik, sankt-peterburglik va kaliningradlik sobiq fuqarolardir.

    Boshqa yangiliklar