AsosiyJamiyat

O`qishga kiritib qo`yishni va`da qiligan uddaburon “tanka” qo`lga olindi

'O`qishga kiritib qo`yishni va`da qiligan uddaburon “tanka” qo`lga olindi'ning rasmi

Afzal Quvvatov o`tgan yili Shohidani (ism-shariflar o`zgartirilgan)ni “kattaroq” tanishlari orqali Navoiy davlat pedagogika insitutiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, evaziga qizning onasidan 3 ming dollar so`raydi. Ikki tomonlama “manfaat”li bu kelishuv afsuski, Navoiy shahridagi 10-umumta`lim maktabi yonida yomon oqibat bilan tugaydi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo`limi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida Afzal ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan A.Quvvatov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-, 211-moddasi 1-qismlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar