Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Mega planet” ko`ngilochar savdo majmuasida yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yong`in profilaktikasi tadbiri bo`lib o`tdi.
Unda 7 qavatdan iborat bo`lgan binoda ko`ngilsiz hodisa sodir bo`lganida yong`inlarni zudlik bilan bartaraf etish va insonlarni ushbu ob`ektlardan xavfsiz evakuasiya qilish tadbirlari batafsil tushuntirildi.








