AsosiyDunyo

Qozog`istonliklar Aqto`be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig`ib berishdi

'Qozog`istonliklar Aqto`be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig`ib berishdi  'ning rasmi

Qozog`istonlik tadbirkor Aydin Rahimboevga qarashli kompaniya xodimlari Aqto`be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo`lganlarning oilalariga 10 million tenge yig`ib tarqatishdi. Bu haqda Sputnik Qozog`iston xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, xayriya tadbirida kompaniyaning 1300 nafar xodimlari va aksionerlari ishtirok etdi.

"Ko`pchilikning farzandi etim qoldi, oilalar bir onda o`z boquvchilaridan ayrildilar. Afsuski, pullarni oilalarga tarqatish uchun rasman ruxsatnoma olishga bir oy vaqt ketdi. Lekin biz sabr bilan kutdik va har bir oilaga borib qardosh xalqimizga o`z ta`ziyamizni bildirdik", — deb yozadi ijtimoiy tarmoqda Rahimboev.

Qurilish kompaniyasi rahbarining yozishicha, ayrim oilalar bundan hayratga tushishgan, ayrimlar esa pulni olishdan voz kechishgan.

Eslatib o`tamiz, 18 yanvar kuni Qozog`istonning Aqto`be viloyatida Samara — Chimkent trassasida ichida 57 kishi bo`lgan avtobus yonib ketdi. Yong`in oqibatida 52 kishi halok bo`ldi, ularning barchasi O`zbekiston fuqarolari edi. Besh kishi – uch qozog`istonlik va ikki o`zbekistonlik fuqaro omon qolgan.

    Boshqa yangiliklar