Qurol saqlash qoidasiga rioya qilmaslik voyaga etmagan opa o`z singlisini otib qo`yishiga sabab bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
"Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 27 mart kuni soat 21.30larda, “Yoshlik” mahallasi Mustaqillik ko`chasida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan N.Ermatova uyida shkaf ichidan, birga yashovchi buvasi, D.Ermatovga tegishli tir pnevmatik miltig`ini olib o`ynayotgan vaqtida bexosdan miltig`dan o`q otilib ketib birga yashovchi singlisi, 2012 yilda tug`ilgan E. Ermatovaning peshona qismiga tegib, jarohat olib, Toshkent shahrida joylashgan RShTYoIMga yotqizilgan", qayl etilgan xabarda.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






