1

Qashqadaryoda bosqinchilar qo`lga olindi

Jinoyat 29.03.2018, 10:21
Qashqadaryoda bosqinchilar qo`lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 2018 yil 20 mart kuni 2 nafar noma`lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, E`zoz ko`chasida yashovchi E.M.ning uyiga bostirib kirib, o`g`li D.A. va birga yashovchi jiyani Sh.Yo.ning qo`l oyoqlarini arqon bilan bog`lab, yuzlariga qo`llari bilan urib jarohat etkazib, uydan pullari, zargarlik va boshqa buyumlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qarshi shahar “Neftchi” MFY Neftchi ko`chasida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan Sh.X. va Qavali mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1995 yilda tug`ilgan L.G`. sodir etganligi aniqlanib, qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1