Mashhur gollivud xonandasi Jennifer Lopes 12 iyun kuni San-Pauluda bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi. Avvalroq xonanda ushbu marosimda ishtirok etmasligi haqida xabar berilgan edi.
Lopes jahon chempionati ochilish marosimi uchun reper Pitbul va Klaudiya Leitte bilan maxsus qo`shiq ijro etgan edi. Qo`shiq “We are One” ( “Biz birgamiz" ) deya nomlangan.
“Jennifer o`zining muxlislari va futbol fanatlarini ranjitmoqchi emas, u marosimga boradi”, - deya iqtibos keltirmoqda xonanda vakillarining so`zlaridan Infobae sayti.
Ma`lumotlarga ko`ra, ochilish marosimi 25 daqiqa davom etadi. Unda 600 nafarga yaqin artist, gimnastikachi va o`yinchilar ishtirok etishadi. Lopes, Pitbul hamda Leyttening “We Are One” qo`shig`i esa marosimni yakunlab berishi kutilmoqda.