AsosiyJamiyat

Bosh vazir va TIV rahbari Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi

'Bosh vazir va TIV rahbari Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Abdulla Aripov va Abdulaziz Kamilov Kemerovodagi yong`in munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi.

28-mart kuni O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federasiyasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

O`zbekiston hukumati nomidan elchi Vladimir Tyurdenovga Rossiyaning Kemerova shahridagi ko`plab insonlarning halok bo`lishiga olib kelgan yong`in munosabati bilan samimiy ta`ziya bildirildi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Eslatib o`tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahridagi savdo markazida sodir bo`lgan yong`inda 64 kishi qurbon bo`lgan. Ularning orasida bolalar ko`p. Dastlabki xulosalarga ko`ra.yu qurbonlar soni bunchalik ko`p bo`lishiga, evakuasiya yo`llarining yopiqligi va savdo markazi xodimlarining noto`g`ri hatti-harakatlari sabab bo`lgan.

28 mart kuni Rossiyada Kemerovodagi yong`inda halok bo`lganlar xotirasiga motam e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar