Bugun O`zbekiston Superligasining 4-turi start oladi. FIFA kunlaridagi kichik tanaffusdan qaytgan klublar bugundan bahslarga kirishadilar. Bu haqda UFF xabar bermoqda.
Bugungi dasturdan “So`g`diyona” hamda “Qizilqum” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`rin olgan. 3-turdan so`ng so`nggi o`rinlarni band qilib turgan ushbu ikki klub o`rtasidagi bahs murosasiz o`tishi tayin.
Taqvim bo`yicha bugun o`tkazilishi kerak bo`lgan AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi esa 31 mart kuniga qoldirilgan.
Ertaga muxlislar bir qator qiziqarli o`yinlarga guvoh bo`lishadi. “Bunyodkor” Toshkentda “Buxoro” klubini qabul qiladi. Mavsum startini yaxshi boshlagan jamoalar o`rtasidagi uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
20:00dan boshlab esa “Nasaf” – “Metallurg” o`yini start oladi. “Nasaf” uch yildan buyon ushbu jamoani o`z maydonida ortiqcha qiyinchiliksiz yutib keladi. Shu bilan bir qatorda Toshkent viloyati vakillari ketma-ket ikki mavsumdan beri Qarshida gol ura olmayaptilar.
31 mart kuni uchta juftlik o`rtasida o`yinlar bo`lib o`tadi. Vodiy derbisida “Qo`qon-1912” o`z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Ta`kidlash joiz, ushbu o`yin Qo`qonda mavsumning ochilish uchrashuvi bo`ladi. Qo`qonliklar matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu ochilish marosimiga o`ziga xos tarzda tayyorgarlik ko`rilmoqda. O`yin 18:00da boshlanadi.
Shu kuni parallel ravishda AGMK – “Lokomotiv” o`yini ham bo`lib o`tadi. Mavsumni omadsiz boshlagan olmaliqliklar ketma-ket mag`lubiyatlardan so`ng alamzada bo`lib turgan “temiryo`lchilar” to`sig`idan o`tishga urinib ko`radilar.
Nihoyat turni bir vaqtlar “O`zbek klasikosi” deb nom olgan “Paxtakor” – “Neftchi” o`yini yakunlab beradi. Azaliy raqiblar o`rtasidagi o`yin soat 20:00da boshlanadi.
O`zbekiston Seperligasi, 4-tur
29 mart
18:00. “So`g`diyona” – “Qizilqum”
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), F. Yansupov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)
Komissar: B. Aripov
30 mart
18:00. “Bunyodkor” – “Buxoro”
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent)
Komissar: A. Frolov
20:00. “Nasaf” – “Metallurg”
Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), M.Majidov (Namangan), R.Fozilov (Namangan), D.Klepikov (Toshkent).
Nazoratchi – R.Serazitdinov (Toshkent).
Komissar – S.Qudratullaev (Toshkent).
31 mart
18:00. “Qo`qon-1912” – “Navbahor”
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent)
Komissar: M. Saidqosimov
18:00. AGMK – “Lokomotiv”
Hakamlar: A.Shukrullaev (Toshkent), S.Hakimov (Samarqand), Sh.Qamarov (Samarqand), G`.Jo`raev (Namangan).
Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).
Komissar – L.Qo`chqorov (Toshkent).
20:00. “Paxtakor” – “Neftchi”
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Suyunov (Guliston)
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi)
Komissar: R. Chernikov






