1

Satira teatridagi davra suhbati

Madaniyat 30.03.2018, 13:06
Satira teatridagi  davra suhbati

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi va Madaniyat vazirligi hamkorlikda bugun, 30 mart kuni O`zbekiston davlat satira teatrida “Teatrlar xodimlarini siyosiy jarayonlar, dunyoda ro`y berayotgan voqea-xodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida hamkorlikdagi siyosiy, huquqiy va ma`naviy-ma`rifiy” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston davlat satira teatri jamoasi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bo`lim boshlig`i Tursunmurod Mamatqobilov,yuridik fanlar doktori, profesor Feruza Muhiddinova, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bosh mutaxassisi Shahnoza Tojiddinova ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, keng ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, odamlarni hushyorlik chaqirish, yosh avlod onggiga singdirish hamda milliy madaniyatimiz xususida targ`ibotchilar Tursunmurod Mamatqobilov hamda yuridik fanlar doktori, profesor Feruza Muhiddinova, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bosh mutaxassisi Shahnoza Tojiddinova tomonidan ma`ruza qilindi.

Teatr jamoasi savol va javob, ko`plab bahs-munozaralarga boy bo`lgan bu kabi davra suhbati tarzidagi uchrashuvlar davomli o`tkazish kerakligi hususidagi munosabatlarini bildirib o`tishdi.

Shu maqsadda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda aholini qiynayotgan ma`naviy, ijtimoiy masalalarni bartaraf etishda ta`sirchan mexanizm asosida targ`ibot ishlarini olib borishni o`z vazifasi, deb biladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1