Gresiyaning PAOK futbol klubi prezidenti Ivan Savvidiga uch yil davomida futbol matchlariga kirish ta`qiqlandi, deya yozmoqda Life.ru nashri.
11 mart kuni Salonikada kechayotgan AEK va PAOK futbol jamoalari o`rtasidagi o`yinda tartibsizlik ro`y beradi. Hakam ofsayd tufayli mezbonlarning golini bekor qiladi. Bundan g`azablangan Savvidi yonida to`pponcha bilan maydonga chopib tushib, hakamdan agar golni hisobga olmasa, otib tashlashini aytib do`q-po`pisa qiladi.
Hozirda Savvidiga qarshi jinoiy ish qo`zg`atilgan.






