​Mast holdagi jinoyatchi o`g`irlangan ulovni beton to`siqqa urdi

Jinoyat 31.03.2018, 14:13
​Mast holdagi jinoyatchi o`g`irlangan ulovni beton to`siqqa urdi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida mast holdagi jinoyatchi o`g`irlangan ulovni beton to`siqqa urdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma`lum bo`lishicha, 29 mart kuni soat 01.00larda, Istiqbol ko`chasi 42-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1988 yilda tug`ilgan G`.Xudoyqulov mast holda qarovsiz qoldirilgan I.Turdievga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bekobod shahar Buyuk ipak yo`li ko`chasidan beton to`siqqa urilgan holda topilgan. G`.Xudoyqulov qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1