1

Buxoroda xonadonni o`margan jinoiy guruh qo`lga tushdi

Jinoyat 31.03.2018, 14:20
Buxoroda xonadonni o`margan jinoiy guruh qo`lga tushdi

Buxoroda xonadonni o`marmoqchi bo`lgan shaxslar qo`lga tushdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"28 mart kuni soat 08.00larda, noma`lum shaxslar S.Fozilovaning uyiga ochiq qolgan darovozasi orqali kirib, xonasidan pullari va zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlanganlar, Kogon shahar H.Do`stligi ko`chasi 3-uy 15-xonada yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan D.Djumaboev va Xiva ko`chasi 14-uy 8-xonada yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan N.Axmedovlar sodir etganliklari aniqlanib qo`lga olingan", - deyilgan xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1