1

“Cobalt” olish orzusi yoki uch yillik ishonchnoma 11 ming AQSh dollariga tushdi

Jinoyat 31.03.2018, 15:46
“Cobalt” olish orzusi yoki uch yillik ishonchnoma 11 ming AQSh dollariga tushdi

Zominlik Usmon Mirahmedov Jizzax shahridagi Obod mahallasida istiqomat qiluvchi yaqin tinishi Mehribon Xushnudxonova hamda uning ukasi Temirjonga ishongan edi.

...Bir kuni U.Mirahmedov avtomashina sotib olish niyatida yurganini M.Xushnudxonovaga aytadi. M.Xushnudxonova esa uning mushkuli oson bo`lgani – ukasi T.Xushnudxonovda “Cobalt” avtomashinasi borligi, o`zi oraga tushib ulovni arzonroqqa olib berishni va`da qiladi.

Shundan so`ng ishlar yurishib ketadi. U.Mirahmedov sarmoyasini bir joyga to`playdi. Kelishuvga ko`ra, avtomashina 18 ming dollarga narxlanib, oluvchiga uch yillik ishonchnoma qilib beriladi.

U.Mirahmedovning quvonchi bir oy davom etdi. Kutilmaganda T.Xushnudxonov atomashinani qaytarib olib, boshqa xaridorga sotib yuboradi. Lekin U.Mirahmedovning oldindan bergan 11 ming dollari qaytarib berilmaydi.

O`zA xabariga ko`ra, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Materialda keltirilgan ism-familiyalar o`zgartirilgan, to`g`ri kelgan har qanday o`xshashlik tasodif sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1