1

​Surxondaryoda ko`chat o`g`rilari qo`lga tushdi

Jinoyat 02.04.2018, 12:01
​Surxondaryoda ko`chat o`g`rilari qo`lga tushdi

Surxondaryo viloyatidagi Angor Golden Fruits agrofirmasida ko`chat ekish mavsumida ko`chat o`g`rilari qo`lga tushdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Firmaning Angor tumanidagi Kattaqum mahallasi hududida joylashgan bog`dorchilik dalasiga ekilgan o`rik, olxo`ri, bodom daraxti ko`chatlari rahbarlar nazarida kamayib ketayotgandek bo`lib tuyuladi. Qorovuldan so`rab-surishtirsa u pinagini ham buzmay, egnini qisib, rahbarlar ko`ziga tik qarab turaveradi.

Shundan so`ng sanab ko`rishsa, o`n kun deganda daladan 23 million 250 ming so`mlik 930 dona ko`chat o`marib ketilgani ma`lum bo`ladi. Ko`chat o`g`risini topish ilinjida ichki ishlar idorasiga murojaat etgan agrofirma mutasaddilari beixtiyor yoqa ushlab qoldi. Chunki, o`g`rilikni firmaning dala qorovuli 32 yoshdagi Egriboy Qobilov (ism-shariflar o`zgartirilgan) va muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan 44 yoshdagi fermer Sholli Jo`lliev sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalil olindi. Yaxshi niyat bilan ekilgan ko`chatlarni o`margan hamtavoqlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1