"Kunutun" nashri san`atkorlardan vujudga kelgan «yulduzli» oilalar haqida ma`lumotni taqdim etdi. E`tiboringizga havola etamiz.
Rayhon G`anieva va Farhod Alimov
Mashhur xonanda va talabgir shoumen 2016 yilning 5 noyabrida turmush qurgan. Ularning har ikkalovi uchun bu turmush birinchisi emas. Rayhon ham, Farhod ham birinchi turmushidan ajralgan bo`lib, Rayhonning aktyor Yigitali Mamajonov bilan nikohidan ikki farzandi bor. Farhod Alimov esa birinchi oilasidan uch nafar farzandga ega.
Oybek va Nigora
2006 yildan buyon duet tarzida faoliyat olib borayotgan Nihol mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabrida oila qurgan edilar. Mazkur juftlik 2016 yilning 27 avgust sanasida o`g`il farzand ko`rishgan va unga Imronbek deb ism qo`yishgan.
Dilso`z va Farruh Raimov
Dilso`z tahallusi ostida ijod qilib kelayotgan Go`zal Jumaniyozova va sobiq «Mango» guruhi vakili Farruh Raimov 2015 yilning 16 aprelida Navoiyda, 21 aprel kuni esa Toshkent shahrida to`y tantanalarini nishonlagan edilar. Yulduzli juftlik oilasida ko`p o`tmay qiz farzand dunyoga keldi. Qizaloqlariga Dilso`z ismini berdilar. Oradan ikki yil o`tib, 2017 yil sentyabr oyida ular ikkinchi farzandalarini bag`rlariga bosib oldilar.
Ruxshona va Sanjar Matkarimov
Nihol mukofoti sovrindori Ruxshona va taniqli klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014 yilda turmush qurishgan bo`lib, hozirda ikki farzandni tarbiyalamoqdalar.
Asal Shodieva va Shohruhxon
Taniqli aktrisa Asal Shodeva va mashhur estrada vakili Shohruhxonning turmush qurishi ko`pchilik uchun kutilmagan voqea bo`lgan edi. Taniqli juftlik 2016 yil 5 iyun kuni turmush qurgan.
Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva
2008 yildan buyon bir guruhda faoliyat olib borayotgan Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva 2011 yilda turmush qurganlar. Hozirda yulduzli oilada Alixon ismli o`g`il farzand voyaga etmoqda.
Sevara Solieva va Ma`mur Sultonov
Aktrisa Sevara Solieva va xonanda Ma`mur Sultonovning nikoh to`yi 2013 yil 23 oktyabrda bo`lgan. 2015 yilning aprel oyida yosh oilada o`g`il farzand dunyoga keladi. Sevara va Ma`mur o`g`illariga Sultonbek deb ism qo`yganlar.