1

Toshkentda soxta “huquqshunos” firibgar ushlandi

Jinoyat 03.04.2018, 22:43
Toshkentda soxta “huquqshunos” firibgar ushlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Tikuv mashinalarini olib berishini va oliy o`quv yurtiga kiritib qo`yishini va`da bergan soxta “huquqshunos” firibgar kirdikorlari oshkor etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

"2 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2017 yil 10 avgust kuni soat 15.30larda, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani Charog`on ko`chasi 15-uyda yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan B.Ibragimov Markaz 4-dahada joylashgan “Buxoro” qahvaxonasida 1974 yilda tug`ilgan N.Shoalievaga o`zini huquqni muxofaza qiluvchi organlarda ishlashini aytib, unga Xitoy Xalq Respublikasidan arzon narxda tikuv mashinalarini olib kelib berishini va uning tanishini Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilib aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, undan 4 ming AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ma`lum bo`lgan", - deb qayd etilgan xabarda.

Natijada B.Ibragimov ushlangan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1