AsosiyJamiyat

Toshkentda tramvay ishtirokidagi YTH yuz berdi

13 iyun kuni tongda Toshkentning “Qoratosh” massivida tramvay hamda Spark engil avtomashinasi ishtirokida yo`l transport hodisasi yuz berdi, deya xabar beradi www.uz24.uz sayti.

Yo`l transport hodisasi tramvayning relsdan chiqib ketishi va ustunga urilishi oqibatida sodir bo`lgan. Ajablanarlisi shundaki, tramvayning yon qismiga tushunarsiz tarzda Spark avtomashinasi kelib urilgan.

Facebookdagi “Toshkent haydovchilari” guruhida ham ushbu yangilik qizg`in muhokama qilinmoqda. Guruh ishtirokchilari “tramvay relsdan chiqib ketib, ustunga urilgan, ustun esa Sparkning ustiga tushgan va shu tariqa u ham tramvayning yoniga urilgan” degan fikrni bildirishmoqda.

Boshqa, tasdiqlanmagan fikrlarga qaraganda esa YTH tramvay akkumlyatorining qizib ketishi va tormoz moslamasining ishlamay qolishi sabab bo`lgan.

Ushbu yo`l transport hodisasida jarohatlarganlar bor, ammo ularga jiddiy zarar etmagan. Voqea joyiga zudlik bilan texnik xizmat vakillari etib kelishgan.

 

    Boshqa yangiliklar