1

AQSh razvedkasi: Moskva Kim Chen Inni Rossiyaga taklif etgan

Dunyo 05.04.2018, 14:04
AQSh razvedkasi: Moskva Kim Chen Inni Rossiyaga taklif etgan

AQSh Milliy razvedkasi rahbari Deniel Kouts chorshanba kuni jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvda Kim Chen Inning Moskva tomonidan Rossiyaga taklif etilgani AQSh razvedkasiga ma`lumligini bildirib, mamlakat maxsus xizmatlari ikki davlat rahbarlari o`rtasidagi bo`lajak uchrashuvda aynan qaysi masalar muhokama etilishini bilishga umid bog`layotganini bildirgan.

Uchrashuvda ishtirok etgan TASS muxbirining yozishicha, Deniel Kouts shuningdek, Kim Chen Inning Xitoyga tashrifidan so`ng Pekin KXDR bilan savdo-sotiq nazoratini susaytirishi haqidagi ehtimolni rad etib, Xitoy bunday holat yuzasidan hech qanday bayonot bermaganini qo`shimcha qilgan.

Garchi, AQSh razvedkasi Kim Chen Inning Rossiyaga taklif etilganini tasdiqlayotgan bo`lsada, joriy yilning 28 martida Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha kun tartibida Rossiya va Shimoliy Koreya sammiti haqida hech qanday gap yo`qligini ma`lum qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In joriy yilning 25-28 mart kunlari Xitoyda bo`ldi. Pekin bu haqdagi xabarni tashrif nihoyasiga etgandan so`ng ma`lum qildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1