AsosiySport

“Uzbek Tigers” jamoasi Termizdagi jangga tayyor

'“Uzbek Tigers” jamoasi Termizdagi jangga tayyor'ning rasmi

Boks bo`yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi 5-6 turlarini Termiz shahridagi “Alpomish” sport saroyida Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o`tkazadi.

7 aprel kuni bo`lib o`tadigan mazkur bahs oldidan har ikkala jamoa o`rtasida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar beradi O`zA.

Anjumanda har ikkala jamoa vakillari ertangi bahs oldidan nimalar kutayotgani haqida o`z fikrlarini aytib o`tdi. Shuningdek, matbuot anjumani doirasida vazn o`lchash marosimi ham o`tkazildi.

Eslatib o`tamiz, Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) tomonidan tashkil etilgan turnirning bu yilgi bahslarida jamoalar uch mintaqaga bo`lingan holda o`zaro kuch sinashmoqda. “Uzbek Tigers” Amerika mintaqasidagi bahslarda ishtirok etmoqda. Bokschilarimiz "Colombia Heroicos” (Kolumbiya), “Cuba Domadores” (Kuba) va “Caciques de Venezuela” (Venesuela) kabi kuchli jamoalar vakillari bilan bellashmoqda.

Butunjahon boks seriyalari (WSB)ning VIII mavsumida “Uzbek Tigers” dastlabki uchrashuvda safarda “Cuba Domadores” (Kuba)ga 5:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, ikkinchi uchrashuvda kubalik bokschilar ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Musobaqaning 3-4 turida bokschilarimiz Toshkentda “Colombia Heroicos”ni 4:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, safarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

4-tur bahslaridan so`ng “A” guruhida “Cuba Domadores” jamoasi 9 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Hozirda “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari 7 ochkoga ega bo`lib, jadvalning ikkinchi hamda uchinchi pog`onasida bormoqda. “Caciques de Venezuela” 5 ochko bilan 4-o`rinni egallab turibdi.

“Uzbek Tigers” va “Caciques de Venezuela” o`rtasidagi bahslarda ringga ko`tariladigan juftliklar bilan tanishing:

S1 guruhi janglari soat 19:00da boshlanadi

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
64 kg: Aliyor Noraliev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias

S2 guruhida o`zgarishlar yo`q va janglar soat 22:00da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G`oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo`ziev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes

    Boshqa yangiliklar