AsosiyDunyo

Saudiyaning Abha shahri oppoq qorga burkandi

'Saudiyaning Abha shahri oppoq qorga burkandi'ning rasmi

Saudiya Axborot agentligi Asir viloyati va Abha shahri 3 aprel kuni oppoq qorga burkangani xabar qildi. Mahalliy agentliklar xabariga ko`ra, qor dushanba kuni tungi kuchli yomg`irdan keyin yoqqan.

O`MI Matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, Abha shahri mamlakat ichidagi va xorijlik sayyohlar keladigan maskan hisoblanadi.

Asir viloyati yuqori platoda joylashgani sababli Saudiyaning boshqa mintaqalariga nisbatan ko`proq yomg`ir yog`adi.

Abha shahri yaqinida joylashgan tog`ning Jabal Savda deb nomlangan cho`qqisining balandligi qariyib 3000 metrni tashkil etadi.


    Boshqa yangiliklar