1

Qashqadaryoda ota 37 yoshli o`g`lini o`ldirdi

Jinoyat 07.04.2018, 10:57
Qashqadaryoda ota 37 yoshli o`g`lini o`ldirdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida oilaviy janjal oqibatida ota 37 yoshli o`g`lini o`ldirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

"4 aprel kuni soat 19.10larda, Pillakashlik ko`chasi 21-uy 17-xonada yashovchi, 1954 yilda tug`ilgan Suyun Norov uyida o`zaro janjal oqibatida o`g`li, 1981 yilda tug`ilgan Jahongir Norovning ko`krak va bosh qismlariga pichoq bilan urib jarohat etkazgan", - deb qayd etilgan xabarda.

Natijada J.Norov voqea joyida vafot etgan. S.Norov qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1