Kanadalik o`smir qiz ilk bor lotoreya sotib oldi va o`zini butun umrga ta`minladi, deya xabar berdi Layf nashri.
18 yoshni qarshilagan Charli Lagard o`z omadini sinab ko`rmoqchi bo`ldi va 4 dollarga lotoreya chiptasini sotib oldi. Buni qarangki, qizning lotoreyasiga jek-pot chiqdi. Qizga butun summani birdaniga olish yoki har hafta 1000 Kanada dollari olishni taklif etishdi. Qiz esa ikkinchi variantni tanladi.







