Shu kunlarda Braziliya maydonlarida bo`lib o`tayotgan jahon chempionatini yoritish uchun dunyoning barcha futbol mutaxassislari u erda bo`lib turishibdi.
Kecha uff.uz saytida Isroillik mutaxassis Avraam Grantning O`zbekiston terma jamoasini bosh murabbiy sifatida qabul qilishga tayyorligi haqida intervyu chop etilgan edi.
Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi esa ushbu xabarni uff.uz saytidan olib, manba sifatida O`zbekiston futbol federasiyasi rasmiy saytini ko`rsatgan.
Shu munosabat bilan O`FF rasmiy sayti Avraam Grant haqida hech qanday xabar berilmaganini ma`lum qildi.
“O`FF rasmiy sayti Avraam Grant haqida hech qanday xabar yoki axborot bermagan va Rossiyaning «Interfaks» axborot agentligi shu mavzudagi intervyuni boshqa manbadan olib, manba sifatida O`FF rasmiy saytini ko`rsatgan. Shu munosabat bilan O`FF matbuot xizmati «Interfax» axborot agentligi tarqatgan xabarda manba noto`g`ri ko`rsatilganini ma`lumot sifatida qabul qilinishini so`raydi”,-deyiladi xabarda.