AsosiyDunyo

Facebook: “O`zingga ehtiyot bo`l, o`zgani o`g`ri tutma!”

'Facebook: “O`zingga ehtiyot bo`l, o`zgani o`g`ri tutma!”'ning rasmi

Endilikda “Facebook” kompaniyasi shaxsiy ma`lumotlari uchinchi shaxsning qo`liga tushishi mumkin bo`lgan foydalanuvchilariga bildirishnoma yuboradi va maxfiylik sozlamalarini o`zgartirishni taklif qiladi.

Bu haqda kompaniya sayti ma`lum qildi.

Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari xavfsizligi shubha ostida bo`lsa, akkauntning yangiliklar tasmasida bildirishnoma paydo bo`ladi. Shu asnoda foydalanuvchiga uning shaxsiy ma`lumotlari bilan o`rtoqlashgan qaysidir sayt yoki dastur haqida xabar beriladi. Va Feysbuk qo`lga tushgan “o`g`ri”larni “qora ro`yxat”ga qo`shib qo`yadi. Shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligi shubha ostida bo`lmagan akkauntlarga ham ehtiyot choralari ko`riladi. Ya`ni akkauntga tegishli ma`lumotlar bo`yicha so`rov bergan barcha saytlar va ilovalar ro`yxatini yuborib, ularni tekshirib ko`rishni taklif qiladi.

Aslida kompaniya tomonidan bunday taklif ishlab chiqilishida AQShdagi prezidentlik saylovida Donald Tramp shtabi bilan hamkorlik qilgan “Cambridge Analytica” firmasining “qilmishi” sabab bo`ldi. Saylov kampaniyasida mazkur firma Feysbukning 87 million foydalanuvchisi shaxsiy ma`lumotlar bazasiga noqonuniy kirgan bo`lgan. Joriy yilning 9 aprelida esa “Apple” asoschilaridan biri Stiv Voznyak foydalanuvchilarining shaxsiy ma`lumotlari xavfsizligini ta`minlay olmagan Feysbukdan o`z sahifasini o`chirib tashlaganini ma`lum qildi. “SpaceX i Tesla” rahbari Ilon Mask ham “#deletefacebook” fleshmobi doirasida Feysbukdagi sahifasini o`chirib tashlagan.

    Boshqa yangiliklar