Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy kuchlari tomonidan Suriyaga qarata uchirilgan raketalarning ilk kadrlari paydo bo`ldi, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.
Mazkur uch davlatning samolyot va kemalaridan 100 dan ortiq raketalar uchirilgan. Bundan avval esa AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat aholisiga ne maqsadda raketalar uchirilayotgani yuzasidan murojaat qilgan. Mazkur harbiy havo zarbasidan maqsad “Suriyadagi kimyoviy qurollarni o`rganish va ishlab chiqarish markazlari”ni yo`q qilish bo`lgan.
So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, uch kishi jabr ko`rgan.
Suriya hukumati ushbu zarba yuzasidan keskin hukm chiqardi.






