Damashq aholisi AQSh tomonidan Suriya berilgan aviazarbalaridan so`ng yirik namoyish o`tkazishdi, deya xabar berdi News.day.az nashri.
Namoyishchilar Suriya armiyasi, hukumati va prezident Bashar Asadni qo`llab-quvvatlash maqsadida bayroq ko`tarib, shiorlarni baland ovozda baqirib aytmoqdalar.
Eslatib o`tamiz, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya havo harbiy kuchlari tomonidan Suriyaga qarata uchirilgan 100 dan ortiq raketalarning aksari nishonga etib kelmasidan avval havodayoq Suriyaning Havo kuchlari qarshi mudofaasi tomonidan urib tushirildi.






