Boks bo`yicha Fransiyada bo`lib o`tgan xalqaro turnirda bokschilarmiz oltita oltin hamda bittadan kumush va bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Nufuzli turnirda o`z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan Abdulxay Shoraxmatov, Shukur Rahimov, Aliyor Noraliev, Fazliddin Meliboev, Odiljon Aslonov, Sardor Yormuhammedov oltin medalni ko`lga kiritdi.
"A" sinfiga mansub bo`lgan turnirning 81 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Madiyor Saidrahimov kumush, vazni 91 kilogrammdan ortiq bo`lgan Ulug`bek Mubinov esa bronza medal bilan taqdirlandi.






