Yurtimizda turizmga berilayotgan e`tibor va tashkil etilayotgan sayohatlardan ruhlangan holda, 2018 yilning 7 aprel kuni Buxoro viloyati, Peshko` tumanida istiqomat qiluvchi, 70 yoshni qarshi olgan otaxon Qudratov Muhammad Qulnazarovich yurtimiz bo`ylab sayohat qilish maqsadida velosiped orqali o`z sayohatini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Sayohat davomida ularning soni 2 ta ekanligi aniqlandi. Aslonov Omon ota ham huddi M.Qudratov singari Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg`ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro yo`nalishi bo`yicha sayohatni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Cayohatchi otaxonlarimiz Toshkent shahriga etib kelishdi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi binosiga tashrif buyurishib, qo`mita xodimlari bilan o`zlarining taassurotlarini o`rtoqlashishdi.
Hozirgi kunga qadar otaxonlar, Buxoro – Navoiy – Samarqand – Toshkent yo`nalishi bo`ylab velosipedda sayohatni amalga oshirishgan va mazkur hududlardagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat etishgan.
Eslatib o`tamiz, Muhammad ota 70 yoshni qarshilagan bo`lsa, Omon ota 75 yoshga to`lgan.