AsosiyDunyo

Puliser mukofotining 2018 yilgi g`oliblari e`lon qilinadi

'Puliser mukofotining 2018 yilgi g`oliblari e`lon qilinadi'ning rasmi

Bugun Nyu-Yorkda, jurnalistika va adabiyotdagi yutuqlar uchun beriladigan Puliser mukofotining 2018 yilgi g`oliblari e`lon qilinadi.

Mukofot qoidalariga muvofiq 15 ming dollar mablag`ga ega bo`ladigan nomzodlarning nomlari, tanlov natijalari e`lon qilinmaguncha aytilmaydi. Tanlov g`olibi direktorlar kengashining ovozlari hisobiga aniqlanadi. U jurnalist, yozuvchi, universitet professorlari kabilardan iborat 17 kishilik tarkibga ega.

Mukofot Amerika jurnalisti Jozef Puliser sharafiga ta`sis etilgan. Birinchi mukofot 1917 yilda berilgan. Adabiy yo`nalishda faqat AQSh fuqarolari da`vo qilishlari mumkin. Jurnalistikada esa fuqarolik muhim emas, ammo maqola Amerika matbuotida nashr etilishi kerak, deya xabar beradi RIA Novosti.

O`tgan yilning aprelida "Puliser" mukofotini New York Times gazetasi xodimlari olgan edi.

    Boshqa yangiliklar