16 apreldan boshlab Rossiyada Telegram Internet xizmati ishlashni to`xtatishi mumkin. Operatorlar Roskomnadzordan buyruqni olishlari bilan 24 soat ichida messenjerga kirishni cheklashlari lozim bo`ladi.
13-aprel kuni Roskomnadzorning talabiga binoan Moskvaning Tagansk sudi blokirovka qilish to`g`risidagi qarorni qabul qilgandi. Telegramning Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlar parolini echish kalitlarini berishni rad etgani bunga sabab bo`lgan.
"Rossiya 24" telekanali xabarida qayd etilishicha, messenjer mualliflari bu talabni bajarish texnik jihatdan mumkin emas, deb ma`lum qilishgan. Chunki kalitlar foydalanuvchilarning qurilmalarida saqlanadi. Ularning soni esa Rossiyada 10 millionga etib qolgan.