Kabardin-Bolqoriyadagi Nalchik markaziy bozorida dushanbakuni ertalab yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Yong`in bozorning 600 kv.metr maydonini egallab oldi. Keyin esa yong`in ko`lami kengayib, 2000 kv.metrga etdi.
Yong`in tez orada o`t o`chiruvchilar tomonidan o`chirildi. Yong`in oqibatida hech kim jabr ko`rmadi.






