Suriya ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, mamlakatning Xoms hududidagi havo mudofaa tizimi chetdan yo`llangan raketalarni urib tushirgan.
Xomsdagi Shayrat aviabazasi mo`ljalini olgan raketalar soni to`qqizta bo`lgan. Havo hujumi oqibatida qurbonlar yo`q, vayronagarchilik bo`lmagan.
RIA Novostining Suriya armiyasidagi manbasi ham Shayratga bo`lgan raketalar hujumini tasdiqlagan.
Al-Masdar axborot portalining qayd etishicha Shayratga yo`llangan raketalar Isroil tomonidan uchirilgan bo`lib, Suriya armiyasi hujumni havoning o`zida bartaraf etgan.
Al-Masdarning yana bir ma`lumotiga ko`ra Damashq shimolidagi Dumeyr aerodromiga ham raketa hujumi uyushtirilgan.
Eslatib o`tamiz, shanba kuni AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaga havo hujumini amalga oshirgan edi.
17.04.2018 05:25
Suriya yana raketa hujumiga uchradi






