O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 iyundagi qarori bilan "Qurilishmashlizing" respublika ixtisoslashtirilgan kompaniyasi tuzildi. Bu haqda GAZETA.UZ sayti xabar beradi.
Respublika ixtisoslashtirilgan «Qurilishmashlizing» kompaniyasiga qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizasiya vositalari va maxsus transportlarni lizing bo`yicha etkazib berish bo`yicha marketing tadqiqotlari o`tkazish, qurilish tashkilotlarining buyurtmalarini yig`ish, umumlashtirish va tahlil qilish vazifalari yuklatildi.
Ustav fondi 22 mlrd. bo`lgan yangi kompaniyaga Moliya vazirligi (ustav jamg`armasidagi ulushi 45,45 foiz) TIF Milliy banki, “Asakabank”, “O`zsanoatqurilishbank”, “O`zbekiston temir yo`llari”, “O`zbekneftgaz”, “ O`zbekenergo” kompaniyalari (ulushi 6,82 foizdan) va boshqa aksionerlar (13,63 foiz) muassislik qilishadi.
Yaqin oylarda shahrimizning barcha viloyatlarida "Qurilishmashlizing" kompaniyasining filiallari tashkil etiladi.





