AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududida zilzila qayd etildi

'O`zbekiston hududida zilzila qayd etildi   'ning rasmi

O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma`lumotiga ko`ra, 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:18 da respublika hududida er silkinishi qayd etildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, zilzila markazi Toshkent shahridan 196 km uzoqlikda janubi-g`arbiy yo`nalishda Jizzax viloyati hududida qayd etilgan.

Zilzila magnitudasi markazda 3,5 tashkil etdi. Zilzila kuchi Samarqandda 2 ball, Jizzaxda 3 ballni tashkil etdi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida er silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar