AsosiyJamiyat

Allamjonov ko`zbo`yamachiliklarga qarshi ko`rilayotgan choralar haqida brifing o`tkazadi

'Allamjonov ko`zbo`yamachiliklarga qarshi ko`rilayotgan choralar haqida brifing o`tkazadi 'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani va ayrim joylarda ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`yilayotgani bo`yicha ko`rilayotgan choralar haqida brifing o`tkazadi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.

Allamjonovning bildirishicha, brifingni bugun soat 15.00da "O"zbekiston 24" telekanali va Prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilish mumkin bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi vaqtida viloyat faollari bilan o`tkazilgan yig`ilishda o`zining hududlarga tashrifi arafasida uyushtiriladigan ko`zbo`yamachiliklar to`g`risida keskin fikr bildirgandi.

    Boshqa yangiliklar