1

Shayxontohur tumanida ayol erini pichoqladi

Jinoyat 17.04.2018, 13:53
Shayxontohur tumanida ayol erini pichoqladi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida oilaviy nizo oqibatida ayol erini pichoqladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

"14 aprel kuni soat 00.15larda, Markaz 15-daha 13-uy 49-xonada yashovchi, 1973 y.t. N.Osipova uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi turmush o`rtog`i, 1976 y.t. A.Aloyanning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan", deyilgan xabarda.

Natijada A.Aloyan kasalxonaga yotqizilgan. N.Osipova qo`lga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1