O`zbekiston olimlari tomonidan termitlarga qarshi kurashish vositasi topildi. Bu haqda uz24.uz sayti xabar beradi.
Ekologik jihatdan havfsiz bo`lgan ushbu vosita Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan shahar va qishloqlardagi yog`och kushandalarini yo`q qilishga mo`ljallangan.
Bundan 200 million yil oldin paydo bo`lgan termitlar uy suvaraklarining avlodi sanaladi. Tabiatga ularning katta foydasi tegadi. Ammo aholi punktlarida ular uylarga katta zarar etkazmoqda.
Yurtimizda termitlarning kasbiy orti va turkiston termiti turlari uchraydi. Orol dengizi atrofidagi iqlimning o`zgarishi tufayli termitlarning soni ko`payib, aholi yashash punktlarida tobora ko`paymoqda. Ular orasida YuNESKOning butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Xiva yodgorliklari ham bor.
Olimlar tomonidan taklif qilinayotgan vosita esa ekologik toza va bezarar. Mualliflar tomonidan ushbu vositaga patent olish uchun ariza berilgan.





