AsosiyJamiyat

Camarqand viloyatida charm buyumlar ishlab chiqaradigan korxona ochildi

'Camarqand viloyatida charm buyumlar ishlab chiqaradigan korxona ochildi'ning rasmi

Kattaqo`rg`on shahrida yiliga 8-9 mingta teriga dastlabki ishlov beradigan “Kattaqo`rg`oncharm” O`zbekiston–Xitoy qo`shma korxonasi ish boshladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

- Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank”ning Toshkent shahri Yunusobod tumani filiali tomonidan ajratilgan 6 milliard so`m kredit hisobiga xomashyo oldik hamda sobiq go`sht kombinati binosini kapital ta`mirladik, - deydi qo`shma korxona rahbari vazifasini bajaruvchi Abduhakim Jo`raev. – Xitoy tomonidan “Chang Ting” firmasi asbob-uskuna keltirib o`rnatdi. Yil oxirigacha bu erda xomashyoni ikkilamchi qayta ishlaydigan – terini bo`yaydigan liniyani ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

Kelgusi yilda tayyor poyabzal, xotin-qizlar sumkalari, kurtka va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Mahsulot asosan Xitoyga eksport qilinadi.

    Boshqa yangiliklar