Toshkent shahrining Mirobod tumanida 17 aprel kuni soat 21.05larda, Sergeli tumani Qo`shqo`rg`on ko`chasi 29-uyda yashovchi, 1999 y.t. S.Ziyavutdinov ishonch qog`ozi bilan boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini Nukus ko`chasi 100-uy oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo`l chetidagi simyog`ochga urilib to`qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bremoqda.
Natijada avtomashina haydovchisi, S.Ziyavutdinov va uning ikki nafar yo`lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar hamda, yana bir yo`lovchisi, 2005 y.t. Yo.Ziyavutdinov jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.






