Samarqand viloyati Jom qishlog`ida yashovchi 63 yoshli onaxon Mamlakat Saidova umrida birinchi marta pasport oldi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
— Mening umuman pasportim yo`k edi, tug`ilganlik haqidagi guvohnomam yo`qolib ketgan, - deydi Mamlakat Saidova. Bugun shu yoshga kirib birinchi marta fuqarolik pasportini qo`limga ushlayapman, hayajondaman. Rahmat, bir umr pasportim bo`lishini orzu qilgandim. Shu vaqtgacha biror joyga bu borada murojaat kilmaganim tufayli shu muammo yuzaga kelgan. Bu muammoni hal etib berganlaridan xursandman.
Nurobod tumani IIBM va FRB boshlig`i Abdurafiq Jabborovning ma`lum qilishicha, Jom qishlog`idagi 10 nafar keksa otaxon va onaxonlarga biometrik pasport topshirilgan, yana 91 nafar keksa va nogironlar uylariga borib, biometrik pasport olishi uchun hujjatlari rasmiylashtirilgan.






