AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar ishlab chiqariladi

'O`zbekistonda yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar ishlab chiqariladi'ning rasmi

Shu yil iyul oyidan boshlab mamlakatimizda yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun zamonaviy “Ecola3000” markasidagi inkubatorlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

“Sog`liqni saqlash — TIHE-2018” Toshkent xalqaro ko`rgazmasida “Foton Medical Quality” O`zbekiston-Shveysariya qo`shma korxonasi va Xitoyning “BNG Medical” kompaniyasi o`rtasida shu bo`yicha memorandum imzolandi.

Inkubatorlar yangi tug`ilgan chaqaloq atrofidagi harorat tebranishini misli ko`rilmagan past darajagacha, Selsiy bo`yicha -0,2 gacha kamaytirib beruvchi PID-nazorat tizimi bilan jihozlanadi.
Memorandum doirasida tomonlar neonatologiya va pediatriyada ishlatiladigan svetoterapevtik uskunalarni birgalikda ishlab chiqarishga kelishib olishdi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 3 million AQSh dollariga teng. Qayd etilishicha, ishlab chiqarish jarayonining boshlang`ich bosqichda “BNG Medical” tomonidan etkazib beriladigan texnologik jihatdan murakkab butlovchi qismlar va O`zbekistonda mahalliylashtirilgan tibbiyot qurilmalaridan foydalaniladi.

    Boshqa yangiliklar